Bola ona tarbiyasiga olib berildi

Date:

Oila farzand bilan, bola kulgusi bilan butun. Ammo ba’zi ota-onalar farzandlari quvonchini o‘g’irlashadi, oilani bo‘lib, dunyoga keltirishgan norasidalarni tirik yetimga aylantirishadi. Ajrim yoqasida esa farzand talashish boshlanadi. Bu o‘rtada esa bolalarga qiyin. Ba’zi otalar zo‘ravonlik ila farzandini olib qo‘yib, turmush o‘rtog’iga nohaqlik qiladi.
Boysunda ham oilalardan birida xuddi shunday holat takrorlandi. Byuroning Boysun tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga ko‘ra, oiladagi tushunmovchiliklar oqibatida tumanning Mustaqillik mahallasida yashovchi Sobir Jo‘rayevlar xonadoniga kelin bo‘lib tushgan Nazira ota uyiga chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Oilada dunyoga kelgan besh yoshli o‘g‘il farzand esa ota tarbiyasida qoladi.
Bolani ona tarbiyasiga qaytarish to‘g‘risidagi da’vo arizasi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, bolani ona mehri va tarbiyasiga muhtojligini inobatga olgan holda sudning hal qiluv qarori bilan bolani ona tarbiyasiga qaytarish zarurligi belgilandi.
Sud qarori ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilarining sa’y-harakati bilan bola sog‘-salomat ona tarbiyasiga olib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun