“Mehrjon” hosil bayrami oʻtkazildi…

Date:

Yurtimizda kuz fasli hukmron. Meva va sabzavotlar g‘arq pishib, xalqimiz dasturxoniga tortiq etilgan. Katta-yu kichik — barcha ulardan bahramand bo‘layotir. Albatta, meva va sabzavotlarning foydali ekanini bolajonlarimizga uqtirishimiz lozim. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda vohamizning har bir go‘shasidagi bog‘chalarda bolajonlarimiz uchun hosil bayrami o‘zgacha nishonlanayotir.
Jumladan, Angor tumanidagi 18-sonli Maktabgacha ta’lim muassasasida ham “Mehrjon” hosil bayrami o‘tkazildi. Tadbirda jajji bolajonlarimiz kuz faslida pishib yig‘ishtirib olinadigan hosildorlik bilan ham tanishib, o‘zlariga kerakli bilimga ega bo‘lishmoqda.
Ushbu bayram bolajonlarni bir-birlariga mehr-oqibatli boʻlishga undaydi. Bayram tadbirida bolajonlar kuy-qoʻshiq va raqslar ijro etib, bayramni ezgu umidlar va shod-u xurramlik bilan qarshi olishdi. Bolajonlarning quvnoq sahna koʻrinishlari-yu, shodon kulgulari tadbirga taklif etilgan mehmonlar dilini xushnud etdi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun