Qiziriqlik yosh gimnastikachilar g‘olib

Date:

Gimnastikaga ilk qadam tashlagan qizaloqlar, eng avvalo, gimnastik harakatlarni o‘rganadi. Ilk kunlarda mashg‘ulotlar ham qizg‘in tus oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ham ana gimnastikachi qizlar o‘rganganlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola etdilar.
“Gimnastikaga ilk qadam” festivali doirasida har bir chiqish nafis harakatlar bilan e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘ldi. Festivalning yakuniy natijalariga ko‘ra, Qiziriq tumani 22-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti jamoasi mutlaq gʻolib deb topildi va jamoaga festival kubogi topshirildi.
Festivalda faol ishtirok etgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoalariga “Eng yaxshi kompozitsiya”, “Eng yaxshi dinamika”, “Eng yaxshi obraz”, “Eng yaxshi xoreografiya”, “Eng yaxshi gimnastika elementlaridan foydalangan jamoa”, “Takrorlanmas kompozitsiya”, “Eng uygʻun jamoa”, “Eng hissiyotli jamoa”, “Eng yaxshi texnik harakatlar”, “Eng jozibador libos”, “Eng ahil jamoa” nominatsiyalari berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun