Milliy taomlar sayli o‘tkazildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimligi va Turizm qo‘mitasi hamkorligida Denov tumanidagi Sina qishlog‘ida milliy taomlar sayli o‘tkazildi. Unda Termiz shahri va tumanlar o‘z hududlariga xos tansiq taomlar ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi. Milliy uslubda bezatilgan pavilonlarda mohir pazandalarning turli taomlar tayyorlash bilan bog‘liq uslub, udum va an’analari keng namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilari tog‘lar qo‘ynidagi Sina, Ushor, Sunbula kabi qishloqlarida bo‘lib, u yerning aholisi hayoti bilan tanishoshdi. Sirli baliq ko‘li, maftunkor “Sunbulai zor” tabiat mo‘jizasi, Qiz qo‘rg‘on arxeologik yodgorligi, Xo‘jai Hisor ziyoratgohi kabi sayyohlik maskanlari, oilaviy mehmon uylari, hududning milliy hunarmandchiligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Xorijlik sayyohlar, vohamiz va yurtimizning boshqa hududlaridan kelgan tomoshabinlar non, patir va somsaning 20 dan ziyod turi hamda tandir kabob, go‘jali osh va boshqa taomlarni tayyorlash sirlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, bir olam tuydilar. Mehmonlar taomlar mazasini tatib ko‘rib, ularga munosib baho berdi. Shuningdek, milliy o‘yinlar, sport musobaqalari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Sayil yakunida “Eng yaxshi milliy taom”, “Eng yaxshi oshpaz” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilarning diplom, maxsus statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi tomonidan Sina qishlog‘iga turizm qishlog‘i maqomini berilganligi haqidagi sertifikat tantanali topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun