Bolalarni erta yoshdan rivojlantiramiz

Date:

Farzandlarimizni bilimli, zukko, salohiyatli boʻlib voyaga yetishini istaymiz. Buning uchun biz ota-onalar qoʻlimizdan kelgancha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratishga intilamiz. Albatta, bu jarayon bir bizning harakatimiz bilan emas, bogʻcha, maktab bilan hamkorlikda amalga oshirilsa, nur ustiga nur.

Ayni masala davlat darajasidagi masala boʻlib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi  252-son buyrug’iga muvofiq, Jahon banki bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida xorijiy mutaxassislar tomonidan har bir hududda trenerlar tayyorlangan.

Mazkur trenerlar tomonidan joriy yilning 28-oktyabrdan 1-noyabr kuniga qadar Surxondaryo viloyatidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari o’qitilmoqda. 

Hududlarda tashkil etilayotgan o‘quv jarayonlarida mahoratli trenerlar bolalarni erta yoshdan rivojlantirishda zarur zamonaviy metodlar, yangicha uslublarni tatbiq etishyapti. Turli qiziqarli mashg‘ulotlar orqali o‘quvlar yanada qizg‘in tus olmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun