Xalqchil IPO nima va unda qanday ishtirok etish mumkin?

Date:

O‘zbekistonda mamlakatning har bir fuqarosiga yirik kompaniyalarning aksiyadori bo‘lish imkoniyatini beradigan “Xalqchil IPO” dasturi ishga tushirildi.
Xo‘sh, “Xalqchil IPO” o‘zi nima va unda qanday ishtirok etish mumkin?
IPO (Initial Public Offering) — bu aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirishdir. Sodda qilib aytganda, kompaniya o‘z aksiyalarini (biznesdagi ulushlarini) odamlarga sotadi. Aksiyalarni xarid qilgan shaxslar aksiyadorlarga — ya’ni, ushbu kompaniyaning yirik bo‘lmagan ulushi (qismi) egasiga aylanishadi. Agar kompaniya muvaffaqqiyatli faoliyat yuritsa, aksiyalarning narxi ko‘tarilishi va aksiyadorlar bundan daromad topishlari mumkin.
“Xalqchil IPO” nima? “Xalqchil IPO” — O‘zbekistondagi maxsus dastur bo‘lib, u oddiy fuqarolarga mamlakatning yirik kompaniyalari aksiyalarini sotib olish imkonini beradi. Ushbu dastur doirasida aksiyalar istalgan shaxslar uchun savdoga chiqariladi va unda siz ham ishtirok etib, aksiyador bo‘lishingiz mumkin!
Ushbu dasturda qaysi kompaniyalar ishtirok etadi? Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu dasturning birinchi bosqichida quyidagi kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishni taklif qilmoqda:
— “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” (“O‘zRTXB”) (O‘zbekistonda dividendlar to‘lash bo‘yicha yetakchi kompaniya),
— “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (O‘zbekistondagi yirik kon-metallurgiya korxonalaridan biri),
— “O‘zbektelekom” (O‘zbekistondagi yirik aloqa operatori),
— “O‘ztemiryo‘lkonteyner” (yuk tashish).
Aksiyalarni qanday sotib olish mumkin?
Aksiyalarni sotib olishning 3 usuli mavjud:

  1. E-auksion maxsus savdo platformasi orqali
  2. Mobil ilovalar orqali: Go Invest investitsiya ilovasi.
  3. Investitsiya vositachisi (Broker) orqali.
    Eslatib o‘tamizki, “bitta aksiya — bitta lot” tamoyili asosidagi “Xalqchil IPO”sida ishtirok etish uchun aholining barcha qatlamlariga keng imkoniyat yaratish maqsadida, fuqarolar o‘rtasida ommalashishga ulgurgan va foydalanuvchilarga qulay bo‘lgan “E-auksion” maxsus platformasi orqali joriy imkoniyatlaridan foydalaniladi hamda jarayonga qiziqish bildirgan O‘zbekiston Respublikasining barcha rezidentlari (jismoniy va yuridik shaxslar)ning arizalari jumladan mazkur platforma orqali qabul qilinadi.
    T.RASULOV,
    “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ viloyat vakili

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun