Yoshlar ko‘pkarida bellashdi

Date:

Bekorchilik illatlarga eshik ochadi. Shunday ekan, har soniyamiz foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lmog‘i kerak. O‘z navbatida ishidan maroq sezgan insonning hayotga qarashlari ham o‘zgaradi. Uyushmagan yoshlarning qarashlarini o‘zgartirish maqsadida turli tadbirlar uyushtirilib kelinmoqda. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Denov tuman bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonov tashabbusi bilan Denov tumani “Pojur” mahallasida otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida ko‘pkari musobaqasi tashkil etildi.
Ko‘pkari – mardlik, jasurlik, epchillik va qat’iyatlilik fazilatlarini mujassam etgan qadimiy chavandozlik o‘yinidir. Ushbu milliy sport turi orqali yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usi, milliy g‘urur va ajdodlarga munosib bo‘lish hissini shakllantirish maqsad qilingan. Shuningdek, tarixiy merosni unutmaslik muhimligiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun