“Va’da berish”di

Date:

Va’da berdingizmi, uni bajarishga, so‘zingizning ustidan chiqishga harakat qilasiz. Ayniqsa, bu ont vatan oldidagi burchingiz bilan bog‘liq bo‘lsa, buning mas’uliyati yuz karra kuchli bo‘ladi.
Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolarining “Va’da berish” marosimi o‘tkazildi. Tadbirda Yoshlar ittifoqi, harbiy prokuratura va boshqa tashkilotlar vakillari, Termiz shahridagi Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan harakat a’zolari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning mamlakat mudofaasidagi mas’uliyatini anglashlarini ta’minlash va harbiy xizmatga qiziqish uyg‘otishdir. Marosim davomida yoshlarga “Vatan tayanchi” otryadining maxsus ko‘krak nishonlari topshirildi. Bu nishonlar yoshlarning harbiy tayyorgarlikdagi faol ishtiroklari, vatanparvarlik harakatlariga qo‘shilganligi va o‘zlarining Vatanga sodiq ekanliklarini ifodalaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun