Oltinsoylik 630 o‘quvchi endi yangi maktabda tahsil oladi

Date:

Kimki bog‘cha yoki maktab qurib, uning ortidan yuqori daromad ko‘rish mumkin desa, hech ikkilanmasdan bekorlarning beshtasini aytibsan deyavering. Sababi, yosh avlodning ta’lim-tarbiya olishi uchun qurilayotgan maskanlarni bunyod etish ortida hech qanday moliyaviy biznes turmaydi, tursa ham yoshlarning zamonaviy shart-sharoitda o‘qib o‘rganishi, bilim olib, yuksak ma’naviyatli, salohiyatli avlodni yuzaga chiqarishdek xayrli va ezgu maqsad turadi. Aslo undan boshqasi emas.
Oltinsoylik tadbirkor Jamshid Pardayev tomonidan beg‘araz yordam sifatida yangidan qurib berilgan 48-sonli maktabning 630 o‘rinli binosi foydalanishga topshirilishida ham ayni maqsad mushtarak. Ayni ayyom arafasida ushbu ta’lim maskanining foydalanishga topshirilishi ham bayramga ajoyib tuhfa bo‘ldi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, viloyat faollari, ta’lim tizimi mutasaddilari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Viloyat rahbari maktab 1-oktabr — o‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramiga haqiqiy tuhfa bo‘lganini ta’kidlab, tadbirkorning ota-onasiga minnatdorchilik bildirdi. Tadbir ishtirokchilari maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Zamonaviy talablar asosida barcha sharoitlar bilan ta’minlangan maktabda intellektual sinfxonalar, sport zal, mini stadion, kutubxona, majlislar zali, kompyuter sinfxonalari hamda oshxona barpo etilgan. Bir so‘z bilan aytganda maktabda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun