Tadbirkorni rag‘batlantirish uchun…

Date:

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan ishbilarmon doira vakillarini ishsiz yurgan fuqarolarni doimiy ish bilan band qilish bilan birga, aholiga o‘zi ishlab chiqargan mahsulot va xizmat turlari bilan talab hamda ehtiyojini qondirib kelayotgani bilan e’tirof etsak arziydi. Albatta, bunday tadbirkorlar munosib rag‘batga, qo‘llab-quvvatlovga loyiqdirlar. Yurtimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganlar uchun yetarlicha shart-sharoit va imkoniyatlar, imtiyozlar yaratilgan. “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-952-son 30.08.2024 y.)ning qabul qilinishi esa ayni ishlarning davomi bo‘ldi deyish mumkin. Ushbu qonunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi.
Faxriy unvon biznesning yangi, yuqori daromadli yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, sohaga innovatsiyalarni keng joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek, o‘z faoliyati davomida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib, ijtimoiy loyihalardagi faolligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan, biznes yuritishda katta tajribaga ega, ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari va ta’sischilariga beriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun