O‘zbekiston fuqaroligi berildi

Date:

Fuqaroligi bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligini olmagan, yurtimizda muqim yashab kelayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular doimiy ravishda iltimosnomalar bilan murojaat qilib, fuqarolik berishlarini so‘rar, bu iltimosnomalar har doim ham e’tiborga olinmas edi. Bugun Yangi O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro u qaysi millat, din va irqda bo‘lishidan qat’i nazar fuqarolikka qabul qilinayotgani nafaqat fuqarolikka ega bo‘lmagan oila a’zolarini, balki har bir yurtdoshimizni quvontiradi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Ular orasida 135 nafar surxondaryolik ham bor. Surxondaryo viloyati hokimligida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan vohadoshlarimizning bir guruhiga fuqarolik pasportlari – ID kartalarni tantanali topshirdi.
Ushbu quvonchli hodisa mana shunday nutilmas kunlarda fuqarolarda qo‘shaloq bayram kayfiyatini ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun