Maktab o‘quvchilar xizmatiga muntazir

Date:

Sariosiyo tumanidagi “Lutfkor” mahallasi hududida 89-sonli umumta’lim maktabi yangitdan qurildi. Bugun ushbu maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maktab ostonasiga qadam qo‘ygan yoshlar, ularning ota-onasi va ustoz-murabbiylar borki, barchaning quvonchini so‘z bilan ifodalash qiyin.
Barcha shart-sharoitlar yaratilgan maktabda sinfxonalar, sport zallari-yu oshxona deysizmi, bari risoladagidek jihozlangan va maktab jamoasi hamda o‘quvchilar xizmatiga muntazir holga keltirilgan. Endigi vazifa faqat bitta — munosib ta’lim-tarbiya olib, yurtga kamarbasta insonlar bo‘lib yetishishdir.
Maktabning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi mutasaddilari, nuroniylar, faollar va yoshlar hamda soha mas’ullari ishtirok etishdi. O‘quvchilar yangi o‘quv yili bilan qutlanib, ular uchun ajoyib bayram dasturi namoyish etildi. Endigina birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘alari” topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun