Superkontrakt miqdori tasdiqlandi

Date:

Abituriyentlar o‘tgan davr mobaynida hayajonli lahzalarni boshlaridan kechirdilar. Avvalida test sinovlari, so‘ng natijalar… undan keyin esa talabalikka qabul qilindimi, yo‘q, degan savollariga javob oldilar. Talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganlar-ku, ayni paytda o‘qishga borishga tayyorgarlik ko‘rishayotgan bo‘lsa, talaba bo‘la olmaganlar keyingi yilda omadini sinashga ahd qildilar. Ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktga o‘qish imkonining ham borligi ko‘plab yoshlarning talaba bo‘lish umidini so‘ndirishlariga yo‘l qo‘ymayapti.
Yurtimizda esa oliy ta’lim muassasalarida superkontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 15 oktyabrigacha to‘liq to‘lagan abiturientlarga 10 foizli chegirma berilishi esa ota-onalarga birmuncha qulaylik tug‘dirishi aniq. 2024/2025-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun