Himoya orderi onlayn rasmiylashtiriladi

Date:

Himoya orderi xotin-qizlar va yoshlarni tazyiqdan himoya qilishning eng yaxshi yo‘liga aylandi. To‘g‘ri-da, zo‘ravonligi uchun jazolanib yoki katta miqdorda jarima to‘lagan inson qayta va qayta kimnidir hayotiga, tinchligiga xavf solarmikan? Agar shunday qolsa, keyingi hayotini panjara ortida tasavvur qilaveradi-da.
To‘g‘ri, himoya orderi haqida eshitgan, ammo uni qanday olishni bilmaydigan fuqarolar ham ko‘plab uchraydi. Ana shunday insonlarning sarson-sargardon bo‘lishlarining oldini olish maqsadida endilikda himoya orderi onlayn tarzda rasmiylashtiriladi. Hukumatning joriy yil 26-avgustdagi 529-son qarori bilan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi takomillashtirilmoqda.
Hujjat bilan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga YAIDXP orqali himoya orderi berish, orderni elektron shaklda berish, himoya orderini berish jarayonini avtomatlashtirish, profilaktika inspektori tomonidan himoya orderini tashabbus tartibida berish kabi jihatlar nazarda tutilyapti. Belgilanishicha, himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq, zo‘ravonlik holati yoki ularning yuzaga kelish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida beriladi.
YAIDXP orqali himoya orderini rasmiylashtirish va berish to‘lovlarsiz amalga oshiriladi. Shuningdek, 1-dekabrdan boshlab tazyiq va zo‘ravonlik holatlari aniqlanganda, bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marotaba himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan uning tashabbusi bilan beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yomg‘irlatib sug‘oriladi

Oltinsoy tumanining Paxtakor hududidagi “Oltinsoy chavandozi” fermer xo‘jaligining g‘alla...

Onlayn darslar boshlandi

Surxondaryo viloyatining olis va chekka hududlaridagi umumta’lim maktablarida xorijiy...

Mahallalar qulay maskanga aylanadi

Termiz tumani Yangiariq hududidagi beshta mahallada infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan...

Investitsiyaviy imkoniyatlarimiz taqdim etildi

Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalqaro kommunikatsiya...
KunTun
KunTun