Bayram sovg‘alari yetkazildi

Date:

Azal-azaldan xalqimiz orasida mehr-oqibat, saxovatpeshalik, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ehson qilinib, insoniylik jihatidan yordam qo‘li uzatilib kelinadi. Jumladan, Mustaqillik bayrami arafasi oldidan ko‘makka muhtojlarga yordam ko‘rsatilib, uyda yotib qolgan bemorlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oliib, sovg‘alar topshirildi.
Xususan, Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov boshchiligidagi sektor rahbarlari tashabbusi bilan homiy tadbirkorlar ko‘magida tumandagi 30 ta mahallada yashovchi 300 ta oilaga 300 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Sektorlar va mahallalar “yettiligi” tomonidan xonadonlarda bo‘lib, ularning holidan xabar olishdi.
Bayram oldidan bunday xayrli tadbirlar o‘tkazilayotgani o‘ksik ko‘ngilli insonlarning ko‘nglini ko‘tarib, bayramni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olishlari uchun xizmat qilmoqda.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun