Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda

Date:

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda
Ha demay maktablarda yangi o‘quv yili ham boshlanadi. Ta’tilda maroqli dam olib, munosib ta’lim-tarbiya olishga kuch to‘plab, g‘ayrat qilib o‘qiyman degan yoshlarga esa maktabda munosib shart-sharoit va qulayliklarni yaratish lozim. Shu sababdan ham maktab jamoasi ta’tilda o‘quvchi-yoshlar uchun shart-sharoit yaratish taraddudida qurilish, ta’mirlash, jihozlash ishlarini boshlab yuborishdi. Ayni paytda ana shunday ishlar yakunlanish bosqichida.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi Xusniddin Mamadiyev maktablarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarining borish holatini oʻrganish maqsadida Shoʻrchi tumanida boʻldi. Shoʻrchi tumanidagi 72 ta umumta’lim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 960 million soʻm mablag‘ yoʻnaltirildi.
X.Mamadiyev tumanning “Gʻarmaqoʻrgʻon” mahallasi hududida joylashgan 29- umumta’lim maktabida boʻlib, ta’lim muassasasida olib borilgan ta’mirlash ishlarini koʻzdan kechirdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu maktab 1968-yilda qurilgan boʻlib, 200 oʻringa moʻljallangan. Ammo hozir maktab quvvati pasayib, oʻquvchilar soni ortgan. Shu tufayli maktabda yangi bino qurish va oʻquvchi oʻrinlarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Hududlarda maktablarning yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun