Surxon yoshlari Toshkentda

Date:

Bugun yoshlarning fikri, talab va takliflariga jiddiy e’tibor qaratiladi. Asosiysi, ular ertangi kunga umid va ishonch bilan boqishlari, o‘zlarini shu vatanga, yurtga daxldor, kerakli inson deb his etishlari lozim. Shu sababdan ham yoshlarimiz taqdiriga qiziqamiz, ularning ko‘ngliga qo‘l solib, orzu va maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilamiz. Surxondaryo viloyatida ham tez-tez tadbirlar, uchrashuvlar, yoshlar bilan muloqotlar tashkil etiladiki, viloyat hokimining shaxsan o‘zlari yigit-qizlar bilan dildan suhbatlashib, ularga quloq tutadilar. Ana shunday uchrashuvlardan birida aytilgan murojaat o‘z ijobatini topib, Surxondaryo viloyat hokimi tashabbusi bilan bir guruh faol yoshlar Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida viloyatni rivojlantirish uchun yoshlar oʻz taklif va loyihalarini taqdimot qilishdi. Turli xil savol-javob va muhokamalarga boy boʻlgan suhbatdan soʻng, yosh mehmonlar Yoshlar ijod saroyiga tashrif buyurdilar. U yerdagi “Ibrat farzandlari”, “Ustoz AI”, “Mutolaa” loyihalarining taqdimoti va rejalari eshitildi. Ayni loyihalarni rivojlantirish maqsadida yoshlar o‘zlarining taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun