Dunyoda yana bir virus faollashmoqda

Date:

Koronavirusining tarqalishi insoniyatni sarosimaga solib qo‘ydi. Pandemiya, olib borilgan ehtiyot choralariga qaramay, qanchadan-qancha yo‘qotishlar bilan ofatni yengib o‘tdik. Ana shunday ofatday bo‘lib tuyilgan yana bir virus xavf solayotgani ham afsuski haqiqat. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha, dunyoning ba’zi mamlakatlarida mpox (maymun chechagi) virusi yana faollasha boshladi.
Xususan, kasallik shu yil 8-maydan 2-iyul sanasiga qadar Janubiy Afrika Respublikasida yashovchi 20 nafar bemorda aniqlandi. Infeksiya oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu — mintaqada 2022-yildan buyon qayd etilgan ilk holat. O‘shanda besh kishiga maymun chechagi tashxisi qo‘yilgan, biroq o‘lim holatlari qayd etilmagandi.
Umuman, 2024-yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar 26 ta davlatda ushbu virusni yuqtirgan 646 nafar bemor ro‘yxatga olindi. Eng ko‘p kasallanish ko‘rsatkichlari Afrika (43,5 foiz), Yevropa (21,8 foiz) hamda Janubiy va Shimoliy Amerika (20,4 foiz) mintaqalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, epidemiyadan Kongo Demokratik Respublikasi aholisi jiddiy aziyat chekdi. Bu yerda may oyida 377 ta yangi holat aniqlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilk pasportlar tantanali topshirildi

Termiz tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan...

Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi

Sariosiyo tumanidagi “Farhod”  Muruvvat  nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun...

Qiymati 7 milliard so‘m

Qumqo‘rg‘on tumani, "Azlarsoy" mahallasida “Abdurahim” MCHJ tomonidan asfaltbeton ishlab...

Ayol — hayot chirogʻi

Termiz shahridagi “Olmos” tantanalar saroyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar...
KunTun
KunTun