10 ta mahallada…

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, og‘ir hudud sifatida tanlab olingan, yoshlar ko‘chalari tashkil etiladigan 10 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlariga start berish tadbirida ishtirok etdi. Su bilan birga, baliqchilikni rivojlantirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Xususan, tanlab olingan mahallalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, chiqindilarni olib chiqish, ariq va zovurlarni tozalash, yoshlar ko‘chalarini namunali tartibda tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Tadbirga jalb qilingan texnikalar biriktirilgan hududlarda ishni boshladi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari tumanning Mehrigiyo mahallasi hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan baliqchilik loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. O‘nga yaqin hovuzlarda tashkil etiladigan loyiha doirasida ma’muriy bino, laboratoriya, baliq sotish do‘konlari, ozuqa ombori va boshqa ob’ektlarni qurish ham ko‘zda tutilgan.
Viloyat rahbari loyiha taqdimoti bilan tanishib, hududning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda loyihani yanada takomillashtirish lozimligini qayd etdi hamda ish o‘rinlari soni va mahsulot yetishtirish hajmini yanada ko‘paytirish mumkinligini ko‘rsatib o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun