Davlat xizmatlari endi mahallalarda

Date:

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun markazga borishimiz vaqtimizni tejab, ortiqcha sarsongarchilik, turnaqator navbatlarning oldini olgan bo‘lsa, aholiga yanada qulaylik yaratish mexanizmlari ishlab chiqilmoqdaki, endilikda davlat xizmatlaridan mahalla binolaridan turib ham foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Bandixon tumanidagi “Birdamlik” mahallasi aholisi ana shunday qulaylikka ega boʻldi.
Mahalla binosida oʻrnatilgan infokiosk apparatidan oʻnlab fuqarolarning mushkuli oson boʻldi. Markaz xodimi tomonidan mahalladagi fuqarolar my.gov.uz saytiga roʻyxatdan oʻtkazildi. Fuqarolarni sanatoriyga roʻyxatga qoʻyish, bolalar nafaqasiga ariza joʻnatish hamda kam taʼminlanganlik maʼlumotnomalari shu joyning oʻzida chiqarib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili...

Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish...

Madhiyam — faxrim

Davlat madhiyasi — xalqimizning g‘ururi, Vatanimizning sha’ni va istiqlol...

Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish...
KunTun
KunTun