Targʻibot poyezdi Surxondaryoda

Date:

Har doim ham o‘z imkoniyatlarimizni, nimalarga qodir ekanimizni bilavermaymiz. Vaqt esa kutib turmaydi. Ana shunday paytda muvaffaqiyatga erishgan, ilmda, ijodda, sportda, tadbirkorlikda yuqori natijalarni qayd etayotgan yoshlar, tengdoshlarimiz bizni ilhomlantiradi, motivatsiya beradi.
Yoshlarning intellektual salohiyatlari, bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish, ularning Vatanga bo‘lgan muhabbatini, millatini qadrlash tuyg‘ularini oshirish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanida tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida “Men o‘zbekistonlikman” shiori ostidagi keng qamrovli loyiha tashkil etildi.

Loyiha davomida yoshlar uchun “Men O‘zbekistonlikman” targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi. “Adliya yoshlarni tadbirkorlikka chorlaydi” shiori ostida otaliqqa olingan yoshlar uchun “Mening startap loyiham” dasturi, “Intellektual marafon”, “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.
Muhimi, yoshlarning vaqti besamar ketmadi. Ular ma’naviy xordiq chiqarish bilan birga, o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun