4 670 nafar ayol pillachilikda band

Date:

Pillachilik mavsumi boshlanganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Ammo shunga qaramay, pillakorlarimiz shijoat bilan pilla boqib, mo‘l hosil uchun jon kuydirishdi. Qilingan mehnat-u mashaqqat esa natijasiz bo‘lmadi, albatta. Birgina Muzrabot tumanida bahorgi pilla yetishtirish mavsumida pillakorlar 2750 quti ipak qurti parvarishlab, 165 tonna pilla topshirishni reja qilib olishgan. Hozirda tumandagi mavjud 313 ta fermer xo‘jaligi hamda 2 ta klasterlar bilan pilla shartnomalar tuzilib, hozirda pilla topshirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Pilla boqish orqali tumandagi 4670 nafar ishsiz ayollarimizning mavsumiy bandligi ta’minlandi. Tumandagi “Mamedov Ibodulla”, “Ergashev Qamariddin”, “Diyorbek Hamro”, “Yangiobod Lochin”, “Gulmurod Ali” kabi xo‘jaliklari rahbarlari hamkasblariga o‘rnak bo‘lib, o‘zlariga belgilangan rejani birinchilardan bo‘lib bajarishdi.
Shu munosabat bilan bugun tuman hokimi Abdurashid Ismailov pillakorlarni qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan mehnatlarini munosib taqdirladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun