Inson qadri uchun…

Date:

Sog‘lik — tuman boylik deyishadi. Haqiqatan ham taningiz sog‘ bo‘lsa, ko‘nglingizga yumush sig‘adi. Aks holda ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olishimiz hech gap emas. Aholi salomatligi yo‘lida mamlakatimizda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirib, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilayotir.
Xususan, Angor tumanining 2-sektor hududiga qarashli mahallalarda yashovchi fuqarolar uchun “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun!” shiori ostida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar tomonidan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy maslahatlar berildi. Ko‘rikka 300 nafardan ortiq aholi tashrif buyurdi va zarir tekshiruvlardan o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun