MTTlar planshet va internet uzatgichlari bilan ta’minlanmoqda

Date:

Zamonaviy texnika, texnologiyalar barcha sohalarda tub burilishlar yasab, katta qulaylik va munosib shart-sharoit yaratishga xizmat qilayotir. Farzandimizni bog‘chaga berib, qanday mashg‘ulotlar bilan mashg‘ul ekaniga qiziqamiz. Ana shunday paytda ularni kuzatishni imkoni bo‘lsa, degan o‘y-xayolimizdan o‘tishi aniq. Endilikda esa ana shunday imkoniyatlarning yaratilayotgani har bir ota-onani quvontiradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida raqamlashtirish dasturi, bolalarni elektron davomatdan o‘tkazish ishlarining sifatini yaxshilash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi 467 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun zamonaviy planshetlar hamda internet uzatgichlari(modem) ajratildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan ushbu uskunalar o‘z egalariga bosqichma-bosqich yetkazib berilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDUda ilmiy muhit, yangi g‘oyalar

Termiz davlat universiteti mezbonligida “O‘zbekiston janubida floristik va zoologik...

Sifati baholanadi

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlariga tibbiyot va dorixona xizmatlari, shuningdek,...

Yigʻilish tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtdi

Denov tumanida vazir E‘zoza Karimova boshchiligida tanqidiy-tahliliy ruhda yig‘ilish...

Ichki ishlar xodimlari sharaflandi

Muzrabot tuman hokimligida Ichki ishlar organlari tuzilganining 34 yilligi...
KunTun
KunTun