Shaftolining yangi navlari ekilmoqda

Date:

Har yili ko‘chat ekish mavsumi boshlanishi bilanoq turli navli ko‘chatlarni yaxshi niyatlar bilan yerga qadaymiz. Hosilidan farzandlarimiz va nabiralarimiz baham ko‘rsin deymiz. Bugun bog‘dorchilikka qo‘shimcha daromad, dasturxonga oz-moz meva berib turadigan faoliyat turi deb emas, haqiqatda daromadli biznes sifatida qaraymiz.
Ko‘chat ekib bog‘ barpo etish, atrof-muhitni toza-ozoda saqlash xalqimizning milliy qadriyatlaridir. Bugun ana shu ezgu an’ana davom etib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan umummilliy harakatga aylandi. Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo‘yicha ishlar davom etyapti.
Jumladan, “Ziroat” MCHJ Termiz tumanida intensiv usullaridan foydalanib, suv tejovchi uskunalardan foydalangan holda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi yordamida erta va tezpishar meva navlarini yetishtirib kelmoqda. Jamiyat tomonidan hosildor va eksportbop mahsulotlar yetishtirish uchun chet davlatlardan sara ko‘chat navlari keltirilib, iqlimga moslashtirilmoqda.
Termiz tumani “Termiz” mahallasi hududidagi 4 gektar maydonda ham Gretsiya davlatidan keltirilgan shaftolining “UFO-3” navidan 5 ming dona ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi. Termiz tumani prokurori Akmal Xalikov ko‘chat ekish jarayonlarining borishi bilan tanishdi. 2-sektor rahbari ham ko‘chat ekish ishlariga o‘z hissasini qo‘shdi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun