Piyozvoylar xorijga yo‘l olmoqda

Date:

Ilgari qora mehnat qilib, halol rizq teradigan bobodehqonga qiyin edi. Mahsulotini endi bozorga olib chiqib sotaman degan vaqtida eksportga imkon berilmasdan, mahalliy bozorlar mahsulotlar bilan to‘lib toshgan vaqtlari, hattoki, tonnalab piyozlar xaridorini topolmay, beqadr mahsulotga aylangan vaqtlar ko‘p bo‘lgan. Biroq endilikda hukumatimiz tomonidan xalqaro hamkorlik yanada rivojlantirilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekportga yo‘naltirish borasida muhim qadam tashlandi.
Xabaringiz bor, bu yil aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijga eksport qilish maqsadida viloyatimizning 6 ta tumanida eksport logistika markazlari tashkil etilgan. Bu esa dehqonning yelkasiga ham shamol tegishidan dalolat.
Vohamizning o‘ziga xos iqlimi va tuproq sharoitlari hamda mirishkor dehqonlarimizning mehnati sabab viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yurtimiz bozorlariga birinchilardan bo‘lib yetkazib beriladi. Xususan, kuni-kecha yurtimizda birinchi bo‘lib, Qumqo‘rg‘on tumanida aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblangan piyoz pishib yetildi.
Tumanning “Istiqlol” mahallasida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida 120 gektar maydonga ekilgan piyoz mahsuloti ayni kunlarda yig‘ishtirib olinib, eksportga va mahalliy bozorlarimizga yo‘naltirilmoqda. Mahsulotni erta bahordan pishirgan dehqon ushbu maydondan 3 ming tonnaga yaqin hosil yig‘ishtirishni maqsad qilgan.
Yetishtirilgan piyoz aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xissa qo‘shishi barobarida dehqonlarga daromad keltirmoqda.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun