Tartib o‘zgardi

Date:

O‘zbekistonda ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirildi. Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 50 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘mdan 17 mln so‘mgacha) miqdorda jarima, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llaniladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra esa uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 6 mln 800 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Ilgari bu norma mavjud emas edi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Elektr taʼminoti to‘liq tiklandi

Ob-havoning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va qor bo‘ronlari oqibatida...

Tushuntirish ishlari olib borildi

“Migratsion profilaktika” oyligi doirasida Muzrabot tumani IIB JXX HPB...

Barqaror daromad sari…

2026-yil 1-fevraldan boshlab “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga mansub oilalar...

Bojxona tizimidagi ochiqlik

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 26-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi...
KunTun
KunTun