Qiziriqda 56 nafar yoshga 50 sotixdan yer maydoni ajratildi

Date:

Viloyatdagi barcha sohalarga e’tibor qaratish, muammoning tag ildiziga yetib borish, o‘rganish, munosib yechim topish oson emas. Bu mas’uliyatni, bu yukni o‘z zimmasiga olgan insongina his etadi. Albatta, shu sababdan ham Surxondaryo viloyati hokimining har bir kuni rejali taqsimlanganki, hali u tumanda, hali bu tumanda bo‘lib, viloyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, xullas barcha jabhalarini qamrab olgan holda o‘rganayotgan, aholi ko‘ngliga qo‘l solib, dard-u tashvishini, taklif va loyihalarini o‘rganayotgan bo‘ladi.
Birinchi navbatda tumandagi “Navro‘z” mahallasi “yettiligi” va tuman bo‘limlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Kelgusidagi rejalar taqdimoti ham e’tibordan chetda qolmadi. Shuningdek, mahallada yashovchi dehqon Bahodir Pardayevning xonadonida issiqxonada bulg‘or qalampiri yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Viloyat rahbari tadbirkor bilan faoliyati va tomorqadan olayotgan daromadi haqida suhbatlashdi. Albatta, sohada muvaffaqiyatga erishayotgan tadbirkorlarning boy tajribasini ommalashtirish, har bir ishsizman degan fuqaroning yerdan unumli foydalanishini yo‘lga qo‘yish lozim. Shu sababdan Bahodir Pardayevning tajribasi ommalashtirilib, aholini yerdan samarali foydalanishga o‘rgatiladigan bo‘ldi.


Qiziriqdagi tashrif ushbu mahallaning o‘zida 56 nafar yosh bilan uchrashuvga ulandi. Shubhasizki, yoshlarning bandligini ta’minlash, munosib ish o‘rinlari yaratish bugungi kundagi dolzarb masalalardan sanaladi. Uchrashuv davomida ishsizman degan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida 50 sotixdan, 28 gektar yer maydoni ajratib berildi. Aytish kerakki, ajratilgan yer maydonlari poliz mahsulotlari yetishtirish uchun qulay tuproq unumdorligiga ega bo‘lib, yer egalari bo‘lmish yoshlar mo‘l hosil olib, mo‘may daromad ko‘rishlari mumkin. Shuni inobatga olgan holda, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida poliz mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, tajribaga ega agronom biriktirib, yoshlarni yerdan samarali foydalanishga o‘rgatish ko‘rsatmasi berildi.
Shuningdek, mahallaning o‘zida sarimsoq piyoz yetishtirayotgan xonadonda ham bo‘lindi. Viloyat rahbari mahallaning hamjihatligi, hokim yordamchisining tashabbuskorligini e’tirof etdi. Mahalla aholisi “Tashabbusli budjet” loyihasidan samarali foydalanib, infratuzilmani yaxshilash ishlarini amalga oshirishgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun