Bolalar va yoshlarning ovozi muhim…

Date:

Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan va UNICEF tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” (BYDMB) tashabbusi Surxondaryo viloyatida ham “Yuksalish” harakati va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda sinovdan o‘tkazildi va amalga oshirildi.
BYDMB tashabbusi mahalliy hokimiyat organlarining bolalar va yoshlar manfaatlarini izchil ta’minlovchi qarorlar qabul qilishini ta’minlashga qaratilgan. Hokimiyat vakillari bolalar, ayollar huquqlari hurmat qilinadigan sog‘lom, g‘amxo‘r, xavfsiz, o‘rganish imkoniyatlari bo‘lgan, rag‘batlantiradigan, kamsitishlardan holi va va inklyuziv muhitlarni yaratish uchun birgalikda harakat qildilar.
Ushbu tashabbus doirasida bolalar va yoshlarning farovonligi bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish jarayonlarida ularning bevosita ishtirok etishiga tizimli yondashishdi. Yoshlarning shaxsiy muammolarini hal etishdan ko‘ra, shaharlardagi barcha bolalar va yoshlarni qamrab oluvchi ijtimoiy muammolarni muhokama qilish maqsadida “Hokim va yoshlar” uchrashuvlarining muqobil formati qo‘llanildi.
Yakuniy tadbir o‘tgan ikki yil davomida erishilgan yutuqlar, ilg‘or tajribalarni taqdim etish va saboqlarni muhokama qilish uchun platforma bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun