Manzillarning yagona reyestri shakllantirilmoqda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan operativ ishlarni qabul qilish va yakunlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Manzillar yagona reyestrini shakllantirish yuzasidan barcha turdagi yozuvlarni elektron maʼlumotlar bazasiga to‘g‘ri kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, ushbu qaror ijrosi bo‘yicha viloyatda mavjud 724 ta mahallada xatlov ishlari amalga oshirildi. 1 003 ta ko‘cha toifalarga (shoxko‘cha, ko‘cha, tor va berk ko‘chalarga) ajratilib, ArsGis dasturida elektron bazasi shakllantirildi.
Shunga ko‘ra, viloyatda mavjud geografik obyektlar turi bo‘yicha (tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovullar, aholi punkti, mahallalar, ko‘chalar, dahalar, mavzelar, maydonlar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar) 17 584 tani tashkil qiladi. 2023-yilda Kadastr agentligiga davlat ekspertizasidan o‘tkazish hamda davlat reyestriga kiritish uchun yuborilgan geografik obyektlar nomlari bo‘yicha viloyatda jami 5723 ta, shundan nomlash bo‘yicha 5180 ta, qayta nomlash bo‘yicha 543 tani hamda davlat ekspertizasiga kiritish uchun yuborilgan geografik obyektlar nomlari soni 2604 tani tashkil qiladi.
Bundan tashqari, viloyatimizda ko‘chalarni nomlash yuzasidan jami 15 548 ko‘cha mavjud bo‘lib, shundan nomi qaror bilan tasdiqlangan va davlat reyestriga kiritilgan ko‘chalar soni 13 897 ta, Xalq deputatlari tuman kengashi qarori bilan tasdiqlash jarayonida bo‘lgan ko‘chalar soni 10 ta, hududiy komissiya tomonidan nom berish va ekspertizadan o‘tkazish jarayonida bo‘lgan ko‘chalar 578 tani tashkil qiladi.

B.Safarov,
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun