Tariximiz bir kitobda jam

Date:

Dadam yetti pushtini bilardi. Bilmaganlardan esa xafsalasi pir bo‘lardi. Har gal daftar olib kelishimni, shajarasini ko‘chirib olishimni istardi va har birimizga buni bilish majburiyatini yuklardi. Ha, o‘z kelib chiqishini, bobolari kimligini bilish o‘zlikni tushunish ekanini dadamni ana shunday qattiqqo‘lliklari asnosida bilganman. Haqiqatan ham har bir inson ota-bobolarini tanishi, yashab turgan yurti, qishlog‘i haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Shunday insonlar borki, buni nafaqat biladi, balki avlodlarga ham yetkazish maqsadida yozib qoldiradi. Shu sababdan ham bejizga yaxshidan nom qoladi deb aytishmas ekan-da degan xayolga borasiz. Marhum Chori Mirzayev va mualliflar xalqimizning milliy mustaqillikka erishishiga oid tarixiy manbalarni xolisona tahlil etib, o‘zbek tarixshunosligidagi voqelikni mukammal o‘rganib, “Bandixon tarixi” kitobida jam etishdi.
Tumandagi 17-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida marhum Chori Mirzayevning “Bandixon tarixi” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi A.Allamuradov, TerDu Jahon tarixi kafedrasi mudiri professor S.Tursunov, TerDu o‘qituvchisi A.To‘xtayev, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar hamda marhum Chori Mirzayevning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbirda mazkur kitob haqida yozilgan maʼlumotlar, tarixiy manbalar orqali tumanning tashkil etilishi hamda boshqa maʼlumotlar berilib o‘tildi. Shuningdek, taqdimot davomida tumanning tarixiga oid maʼlumotlari mavjud bu kabi kitoblarni tumandagi barcha umumtaʼlim maktablaridagi o‘quvchi yoshlar uchun keng tatbiq etish ishlari belgilab olindi va sohada hissa qo‘shgan insonlar eʼtirof etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun