Qiz bolani palahmon toshi, joyi chiqdi deya uzatib yuborishga harakat qilamiz. Uning yoshi, oilaviy hayotga tayyormi-yo‘qmi, bu yog‘ini o‘ylab ham o‘tirmaymiz. Bordi-yu qiz rozi bo‘lmasa, qarshilik bildirsa, buni qiz bolaning nozi bor degan bahona bilan haspo‘shlaymiz, majburlab, yig‘lab-siqtaganiga ham qarab o‘tirmaymiz. Axir urf-odatlarimiz shunday, momolarimizning ham 20-25 yoshgacha bir etak bolasi bo‘lgan-ku!? Ho‘sh bunday qarashlar to‘g‘rimi? Farzandlarimizning orzu-istaklarichi, bu haqida qachon o‘ylaymiz? Oilasida nizo, kelishmovchilik chiqqanidami? Yoki biror ko‘ngilsizlik bo‘lganidami? Nima bo‘lganda ham muammo bilan kurashgandan ko‘ra oldini olgan afzal. Ushbu mavzu prezident rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda ham ko‘tarildi va voyaga yetmagan qizlarni unashtirish va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh bilan bogʻliq kelajak avlod salomatligiga salbiy taʼsir qilayotgan holatlarning oldini olish, buning oqibatlarini tushuntirish borasida ishlar lozim darajada olib borilmayotgani qayd etildi.
Afsuski, keyingi yillarda mamlakatimizda oila va xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ayollarni zoʻravonlik va tazyiqdan himoya qilish tizimi ancha kuchaytirilgan boʻlsa-da, bunday holatlar hali hamon uchrayotgani ayanchli.
Ayni jihatlarni inobatga olgan holda yurtimizda ayollar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoyalash boʻyicha mahalla darajasida alohida tizim yaratiladi.
Tazyiqqa uchragan ayollar reestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat koʻrsatish tizimi joriy qilinadi. Har bir tuman shifoxonasida zoʻravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam koʻrsatish uchun tunu kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi. Shuningdek, qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi.
Reestr: tazyiqdan himoya qiladimi?
Date: