Oltinsoyda sumalak sayli boshlandi

Date:

Ayni qish kunlarida dimog‘ingizga sumalak pishirilayotgandagi hidi urilsa, qalbingizni bahoriy kayfiyat chulg‘ab olishi aniq. Ayniqsa, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara va halimlar, shoh taom sumalak qish bo‘yi vitaminlarga ehtiyoj sezayotgan organizmimiz uchun eng yaxshi darmondori bo‘lishi aniq.
Oltinsoyning “Navro‘z” mahallasida ana shunday ifor taraldi-yu, barchani bir yerga — sumalak sayliga chorladi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz tarannum etgan saylda yoshu keksa xursandchilik qildi. Ezgu niyatlar ila yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, dasturxonimiz to‘kin-sochinligi-yu oilalarimiz xotirjamligini tilab sumalak kovlandi.
Orzular, niyatlar mushtarakligida o‘tgan sumalak sayli barchaning ko‘ngliga xushnudlik olib kirdi. Tantanalar kelin salom, o‘yin-kulgi va diltortar milliy kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun