Zararli havodan himoyalanaylik

Date:

Yildan-yilga havo tarkibida PM2,5 dispers zarrachalari me’yoridan ortib ketayotgani bot-bot tilga olinayotir. Buni hayotimiz davomida o‘zimiz ham ko‘rib, kuzatib turibmiz. Zararli havo sog‘ligimiz uchun xavfli bo‘lib, ko‘plab allergik va yondosh kasalliklarni keltirib chiqarishi hech gap emas. Ayni holatdan kelib chiqqan holda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi undan himoyalanish bo‘yicha tibbiy tavsiyalar berdi.
Qayd etilishicha, atmosfera havosidagi muallaq RM2,5 zarrachalari nafas yo‘lidan o‘tuvchi zarrachalardir. Ular gaz almashinuvi sodir bo‘ladigan alveolalar va o‘pka kapillyarlariga kirib, tizimli qon oqimidan o‘tadi. Turli organlarga kirib, to‘qimalarning hujayralariga bevosita mahalliy ta’sir ko‘rsatadi. Mayda dispers zarrachalar hujayra membranalariga kirib borish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, ularning organlar va to‘qimalarda surunkali to‘planish xavfi mavjud.
Atmosfera havosida RM10 va RM2ning yuqori kontsentratsiyasiga uzoq muddatli ta’sir qilish yallig‘lanish, kantserogen, teratogen, sitotoksik ta’sirga ega bo‘lib, allergopatologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi va insonning umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiladi. Bu zarrachalardan himoyalanish uchun xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turish lozim. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, derazalarni yopiq holda saqlash, ayniqsa, kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yopish, ko‘proq suv ichish, ochiq havoda harakat qilishni cheklash, tez-tez dush qabul qilish, tashqaridan uyga kirgach (bu jarayon nafas olishni yengillashtiradi). Qolaversa, og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib tashlab, ko‘zlarni yuvish (ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun) tavsiya etiladi. Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar esa tibbiy niqobdan foydalansalar va ularni har 2 soatda almashtirishsa, foydadan holi bo‘lmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar “Jamoatchilik guruhi” nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida “Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi...

Haftalikka start berildi

Katta hayot ostonasida turgan yoshlar oliy ma’lumot diplomiga ega...

Kerakli yordam ko‘rsatildi

Og‘ir xastaligi tufayli sho‘rchilik Sayram Qurbanova mahalladagi ijtimoiy xodim...

Javobgarlik bor…

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish har...
KunTun
KunTun