30 ta tez yordam mashinalari topshirildi

Date:

Issiq jonning issig‘i chiqsa, tezda tez yordam raqamlarini teramiz. Kutganimizdek, tezlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilib, shifokorlar jonimizga ora kirishadi. Xavf chekinib, hayotimizni asrab qolishadi. Bu albatta, davlatimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor va inson qadrining nechog‘lik azizligini yana bir bor ko‘rsatgandek bo‘ladi. Qolaversa, davlat rahbarining ko‘rsatma va topshiriqlariga asosan aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qator ishlar amalga oshirilayotgani ham sir emas.
Ana shunday isharning davomi sifatida Surxondaryo viloyatidagi shahar va tumanlar tez yordam bo‘limlariga 30 dona “Volkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam mashinalari topshirilganini aytish mumkin. Shu munosabat bilan Angor tumanida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.
Maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam mashinalari kalitlari hududiy bo‘limlar mutasaddilariga tantanali topshirildi. Albatta, ushbu tez yordam mashinalari aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun