Vazirlik bog‘i tashkil etildi

Date:

Yurtimizning barcha nuqtasida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham “Yashil makon” ummumilliy loyihasi bahona katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlari ekilish bilan birga bir-biridan chiroyli va nafis gullarning ekilayotgani ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. Nigohimiz tushgan joy borki, bu kunda bog‘u bo‘stonga, gulzorga aylangan. Shundan nafas olayotgan havomiz sof va musaffo.
Ana shunday ishlarning davomi sifatida esa Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahrining “Alpomish” mahallasi hududida vazirlik bog‘i barpo qilindi. Bog‘ uchun ajratilgan yer maydoni 3 gektarni tashkil etadi. Ushbu bog‘da ayni paytda ko‘chatlar ekish uchun xandaqlar qazildi. Yerlar yumshatilib, sug‘orish tizimlarini tortib kelish kabi ishlar olib borilayotir.
Vazirlik bog‘iga 1 300 tup manzarali va gullovchi butalar ekish rejalashtirilgan.

Oldingi sahifaYana bir oltin medal…
Keyingi sahifaUCH AVLOD UCHRASHDI

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun