UCH AVLOD UCHRASHDI

Date:

Yoshlar barkamol qilib tarbiyalashda, milliylik, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat ruhida voyaga yetkazishda yoshi ulug‘larimizning, bobo-momolarimizning o‘rni nihoyatda katta. Ayni ularning pand-nasihatlari, o‘gitlari farzandlarimiz tarbiyasida muhim. Shu jihatlarni inobatga olgan holda Muzrabot tumani At-Termiziy mahallasidagi 2-sonli “Kasb-hunar maktabi”da “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Nuroniylar jamg‘armasi Respublika boshqaruv bo‘limi boshlig‘i M.Umarov, Nuroniy jamg‘armasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi O.Jo‘rayev, Muzrabot tumani hokimi A.Ismailov hamda tumandagi yoshi ulug‘ nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda shijoatli yoshlar ishtirok etdi.
Samimiy suhda kechgan davra suhbatida nuroniylarimiz o‘z hayoti va mehnat faoliyati davomida toʼplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʼziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat keksalikda koʼrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida fikrlarini bildirdi.
Davra suhbatidan so‘ng mehmonlarimiz 3-sektor hududidagi Oriyat mahallasida bo‘lishdi. Mahallada rossiyalik investorlar tomonidan tashkil etilgan zamonaviy agrologistika markazi va tomchilab sug‘orish asosida “razmarin” usulidagi zamonaviy issiqxona bilan tanishdilar.
Undan keyingi manzil esa “Fidokor” mahallasida joylashgan “Janub matonati” MCHJ bo‘ldi va u yerda guruchni qayta ishlash jarayoni bilan tanishildi. Tashrif so‘ngida nuroniylar qo‘llarini duoga ochib, yurtimizga tinchlik, tadbirkorlarimizning ishiga esa rivojlar tilashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Shuhrat”ga eltgan yo‘l

Muzrabot tumanining chekka qishloqlaridan birida joylashgan 17-umumta’lim maktabida o‘z...

G‘alla ekish start oldi

Angor tumanida 2026-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlari boshlab...

Tazyiqsiz kelajak quraylik!

Bugun qizlarning huquqlari, ularning jamiyatdagi o‘rni va teng imkoniyatlari...

Profilaktika kuni – huquq va halollik saboqlari

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va...
KunTun
KunTun