Ochilish kitob taqdimoti bilan boshlandi

Date:

Uzun tumanida “Ma’naviyat maskani” foydalanishga topshirilib, o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu Ma’naviyat maskani ochilishi tuman yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ijodkor Nabijon Rahmatov tomonidan yozilgan “Ko‘ngil chirog‘i” nomli kitob taqdimoti bilan boshlandi.


Tadbirda tuman hokimi so‘zga chiqib, bugungi kunda ma’naviyat sohasiga qaratilayotgan e’tibor unib-o‘sib kelayotgan yoshlar, uchinchi renessans vakillarini kitob mutolaasiga bo‘lgan mehrini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Ma’naviyat maskanining ochilish marosimiga kelganlar uchun “Ko‘ngil chirog‘i” kitobining taqdimoti kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Adabiyotga qiziquvchilar borki, ushbu kitobni varaqlab, hattoki, so‘zga chiqib, kitob haqida o‘z fikr va munosabatlarini bildirdilar.


Aytish kerakki, Ma’naviyat va ma’rifat maskanida yaratilgan shart-sharoitlar hududning ijtimoiy-ma’naviy muhitini yanada yaxshilashda, aholi vakillari, xususan, yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur, milliy iftixor va daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun