Xanchjoudan xushxabar

Date:

Aslida harakat va mehnat bilan uddalab bo‘lmas ishning o‘zi yo‘q. Imkonsizlikdan imkon topgan yoshlarning hayoti, faoliyati, muvaffaqiyati esa fikrimizga yorqin isbot bo‘la oladi. Shu kunlarda Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchi yigit-qizlarni kuzata turib esa ularning jasoratiga tahsin o‘qiysiz.
Ha, bu jasorat, qahramonlik. Ular uchun esa egallab bo‘lingan marradek gap. Ularning shu marraga yetib kelishlari oson kechmagani aniq. Mehnat-u mashaqqat, sinovlarda toblangan sportchilar erishayotgan yutuqlarni, g‘alabasini his etish esa yanada totli, zavqli…
Quvonarlisi, ushbu para dzyudo bellashuvlarida ayollar o‘rtasida J2 klassida -48 kilogramm vazn toifasida Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi a`zosi Lobar Hurramova ham yurtimiz sharafini himoya qilishga bel bog‘lagan. Raqiblariga peshvoz chiqib, o‘z mahoratini epchillik va chapdastlik bilan ko‘rsata oldi. Harakatlari o‘z kuchini ko‘rsatib, yakunda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Lobar Hurramova delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘ydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun