“Streetball” musobaqasida…

Date:

Sport insonni chiniqtiradi, sog‘lom bo‘lish uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababdan ham mahalla guzarlarida streetball sport maydonlari qurilib, yoshlar bo‘sh vaqtlarini ayni maydonchada o‘tkazishlari maqsad qilingan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, xo‘sh, ana shunday sport maydonchalarida yoshlar nimanidir o‘rganyaptimi? Termiz davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Streetball” musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkazildi. Va ushbu musobaqa orqali yuqoridagi savolga javob topish mumkin bo‘ldi.
Aytish kerakki, musobaqa qizg‘in pallaga kirdi. Talabalar ishtiyoq bilan bellashdilar. So‘nggi natijalarga ko‘ra Termiz davlat universiteti o‘g‘il bolalar jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Musobaqa g‘oliblari «Besh tashabbus olimpiadasi»ning keyingi bosqichiga yo‘l olib, universitet sharafini munosib himoya qilishiga shubha yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun