“Quvnoq startlar”dan yengil atletika sport musobaqalarigacha…

Date:

Oynai jahon orqali ko‘p bora “Quvnoq startlar” televizion o‘yinini tomosha qilganmiz. Zavqimiz oshib, o‘zimiz ham ishtirokchiga aylanib, bir-biridan qiziqarli shartlarni bajarishni istaganmiz ham. Surxondaryoda maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida bo‘lib o‘tgan “Quvnoq startlar” hamda yengil atletika sport musobaqalarining viloyat bosqichida har bir yoshning ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Termiz shahridagi 26-maktabda start olgan musobaqalar qizg‘in tus oldi. 1-4-sinf o‘quvchilari “Quvnoq startlar” orqali berilgan shartlarni tezkorlik va chaqqonlik bilan bajarishga kirishgan bo‘lishsa, 8-9-sinflar yengil atletika sport musobaqalarida bellashishdi. Jarayon qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Natijalarga ko‘ra, “Quvnoq startlar” sport musobaqasi bo‘yicha 1-o‘rinni Termiz tumanidagi 1-maktab o‘quvchi, yengil atletika sport turi bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida qumqo‘rg‘onlik Shahzoda Xurramova, o‘gil bolalar o‘rtasida Termiz tumanidan Jonibekga 1-o‘rin nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar yakunda munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun