Ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Date:

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatidagi nogiron bolalar va ularning ota-onalari, ehtiyojmand aholi vakillari hamda Afg‘oniston Respublikasining 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolariga reabilitatsiya xizmatlari va ruhiy ijtimoiy yordam ko‘rsatish loyihasi doirasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Surxondaryo viloyat hududiy filiali tomonidan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ko‘rik davomida Termiz tuman tibbiyot birlashmasida ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya va moslashish xizmatlariga muhtoj bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan va alohida ehtiyojli bolalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reabilitatsiya va psixologik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, nogiron bolalar va ularning ota-onalari ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, fond tomonidan keksa yoshdagi aholi vakillariga zarur dori-darmon va tibbiy buyumlar tarqatildi.
Loyiha doirasida alohida ehtiyojli bolalar nogironligining oldini olish va ularni reabilitatsiya qilishda ijtimoiy yondashuvni qo‘llash bo‘yicha mutaxassislar o‘zaro tajriba almashdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun