Subsidiya asosida…

Date:

Qayerda va qanday sharoitda yashamaylik, qo‘limizdan ish kelishini isbotlashga urinamiz. Axir, bekorchilik bilan jamiyatda biror o‘ringa, obro‘-e’tiborga ershib bo‘larmidi. Bobotog‘ hududidagi ishsiz, ehtiyojmand “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”lariga kiritilgan fuqarolar ham e’tibordan chetda qolmay, qiziqish va istaklari inobatga olindi va hokim yordamchisining ko‘magi va tavsiyasi bilan kerakli yordam ko‘rsatilib, bandligi ta’minlanadigan bo‘ldi.
Mana shunday savobli ishlar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Bobotog‘ hududiga tashrifi chog‘ida amalga oshirilib, ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida 35 ta tikuv mashinasi, 2 ta duxovka, 5 ta motokultuvator hamda 7 ta payvandlash apparati tarqatildi.
Shubhasiz, ish quroliga ega bo‘lan yoshlar endilikda o‘zlarini o‘zlari band qilib, yordamida oilaga qo‘shimcha daromad keltirishning shirin tashvishida bo‘ladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun