Faoliyat samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi

Date:

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyatida ekanidan xabardormiz. O‘rganishlar davomida 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida Surxondaryo adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlarning rahbar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga oid qonunchilikda belgilangan tartiblar mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Qolaversa, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha rahbarlarning izohi eshitildi. Shuningdek, huquqbuzarliklarning obyektiv va subyektiv sabablari tubdan o‘rganib chiqilib, zarur choralar, shu jumladan aybdorlarga tegishli jazo chorasi qo‘llanilishi belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun