Uzun delegatsiyasi Tojikistonda

Date:

1991-yil 31-avgust… bu sana, raqamlar o‘zbek xalqi uchun yaxshi tanish. Har yili esa shu sanani bayram — hurlikka erishgan kun sifatida nishonlab kelamiz. Ha, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, qardosh davlatlar ham birinma-ketin o‘z mustaqilligiga erishgan edi. Ulardan biri Tojikiston Respublikasi.
Aytish kerakki, O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, yagona din, o‘xshash madaniyat, urf-odat va an’analar bir-biriga mustahkam bog‘lab turadi. Qo‘shni davlatning mustaqillikka erishgan sana katta shodiyona sifatida nishonlanib kelinadi.

Xisor tumanida ham Tojikiston Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda Uzun tumani hokimi o‘rinbosari Bexzod Xasanov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Mezbon davlat mehmon bo‘lmish O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali kutib oldi. Shundan so‘ng, delegatsiyamiz a’zolari Tojikiston Respublikasi Hisor davlat tarix va etnografiya muzeyiga tashrif buyurdi. U yerda muzey xodimlari miloddan avvalgi 3 ming yillikdan boshlab, XX asr boshlarigacha bo‘lgan Hisor vodiysidan topilgan osori-atiqalari bilan tanishtirdi.
Uzunlik mehmonlar Tojikistonda bo‘lib o‘tgan bayram tadbirlarida ishtirok etib, tojik xalqining xursanchiligiga sherik bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun