“Jarqo‘rg‘on minorasi” hududi obodonlashtiriladi

Date:

Jarqo‘rg‘on minorasi tarixiy obida bo‘lib, mahalliy aholi va mehmonlarning Jarqo‘rg‘on tumaniga yo‘li tushsa, eng birinchi keladigan joyi ayni shu minoradir. Albatta, bu yerda yashovchilar kelib-ketguvchilarga minora tarixi haqida so‘zlab berishadi. Shundan keyin, ko‘ngillilar bo‘lsa, minora zinalaridan chiqib, yuqoriga ko‘tarilib, sayohatini davom ettirishadi, o‘ziga xos taassurot olishadi.
Hududning turizm salohiyatini oshirishda Jarqo‘rg‘on minosarining ham o‘z o‘rni bor. Shunday ekan, XI asrga ta’luqli yodgorlik – “Jarqo‘rg‘on minorasi” joylashgan hududni obodonlashtirish va yodgorlik imkoniyatlaridan foydalangan holda sayyohlar oqimini ko‘paytirish choralarini ko‘rmoq lozim. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, aynan Jarqo‘rg‘on minorasi joylashgan manzilni kezar ekan, shunday takliflarni bildirdi.
Albatta, ana shunday loyihalarni amalga oshirishda, hududni obodonlashtirishda, birinchi navbatda, minoraning arxitektura yodgorligiga ziyon yetkazmaslik lozim. Viloyat rahbari bu bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda ularning tavsiyasiga asosan obodonlashtirish, sayyohlar uchun sharoitlar yaratish lozimligini ta’kidladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun