Xizmati e’tirof etildi

Date:

Jurnalist haq gapni aytish, jamiyatdagi og‘riqlarni, muammo va kamchiliklarni fosh etib, aholi hayotini yaxshilash uchun xizmat qiladigan kasb sohibidir. Ularning faoliyati xalq bilan bevosita bog‘liq. U manfaat, adovat ko‘zlamaydi. Xolislik ila xizmat qilishni sharaf deb biladi. Har yili 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni yurtimizda keng nishonlanib, soha vakillarining xizmati e’tirof etiladi. Ayni shu munosabat bilan Qiziriq tuman hokimligida tumandagi faxriy jurnalistlar, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qiziriq tuman hokimi Sh.Rajabov jurnalistlarni bayram bilan muborakbod etib, mashaqqatli va sharafli kasblariga omad tiladi. Qolaversa, tumandagi ijtimoiy, siyosiy, madaniy va boshqa barcha yangiliklardan boxabar qilib kelayotgan, faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan jurnalistlarga uzoq yillik fidokorona xizmatlari, samarali mehnatlari uchun tuman hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alarini topshirdi. OAV vakillari bilan suhbat esa bir piyola choy ustida davom etdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun