Faollikka chorlab…

Date:

Hech bir harakat e’tiborsiz va e’tirofsiz qolmaydi. Ayniqsa, kelajak avlod taqdirini o‘zgartirish, yaxshilash uchun qilingan har qanday ish mukofotga arziydi. Bog‘chalarda tarbiyalanuvchilarning ilm-fanga qiziqishini oshirishga qo‘shilgan hissa ham rag‘batlantirishga munosib, albatta. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xodimlar erishgan natijalardan kelib chiqib, zarur shartlar bajarilganda maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq beriladi.
Bordi-yu, tarbiyachi-pedagog tuman va viloyat miqyosdagi ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etgan bo‘lsa, lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha, respublika miqyosidagi natijalar uchun 20 foizgacha rag‘batlantiriladi. O‘yin tamoyiliga asoslangan zamonaviy mashg‘ulotlarni tashkil qilganligi uchun esa 15 foizgacha, tarbiyalanuvchilarni ilm-fanga qiziqishini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun 20 foizgacha ustama beriladi.
Bu kabi rag‘batlar mutaxassislarning o‘z kasbiga mas’uliyatini oshiradi. Faollikka chorlab, o‘z ustida ishlashga, muvaffaqiyatga erishishga xizmat qiladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun