Qishloq xo‘jaligida bio laboratoriya kerakmi?

Date:

Qishloq xo‘jaligida mo‘l va sifatli hosil olish muhim. Shuning uchun ham fermer va dehqonlar o‘z tajriba va bilimlarini ishga solib, yerga urug‘ qadab, hosil olgunga qadar tinim bilmaydi. Mehnatining rohatini ko‘rishni istaydi-da. Ammo, ming hosil mo‘l bo‘lsin-u, dalaga zararkunanda tushsa bormi, butun bir mehnatni nes-nobud qilishi aniq.
Bu masala esa birgina fermer va dehqonning muammosi emas, balki butun bir sohaning og‘riqli masalasi deyish mumkin. Bu jihat esa qishloq xo‘jaligi tizimida ilmiy faoliyat olib borguvchi ilm ahlining-da ilmiy ishlariga, izlanishlariga mavzu bo‘lgulik jihat. Shu sababdan ham bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida ulkan innovatsion loyihalar olib borilmoqda. Bu borada bio laboratoriyada ham ishlar avjida.

Xususan, Sherobod tumanida 2023-yilgi paxta hosilini barcha zararkunandalardan himoya qilish maqsadida oltin kuz, tirxograma, gabrabirakon kabi mahsulotlar paxta dalalariga chiqarilmoqda.
Bu borada malakali xodimlar ishtirokida joylarda seminarlar tashkil etilmoqda. Jumladan, “Surxondaryo agro xizmat” MChJ tarkibdagi SАX bio fabrikasida o‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutining doktoranti tomonidan bio laboratoriyada nematodalarni to‘g‘ri ko‘paytirish borasida seminar soha mehnatkashlari uchun foydali bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

 “Maqom ohanglari”da iqtidorlar namoyon

Joriy o‘quv yili davomida tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Sherobod tuman...

Askar onalari e’zozda

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi...

Ishlar qizg‘in tus oldi

Sariosiyo tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va...
KunTun
KunTun