Imtihon javobi chiqqach, yo‘nalish tanlanadi

Date:

Oliygohga o‘qishga kirish borasida yildan-yilga yangidan-yangi islohotlar amalga oshirilib, qarorlar qabul qilinmoqdaki, bu abituriyentlar uchun qulaylik va yengilliklar yaratishga xizmat qilayotir. Oshirilgan kontraktda o‘qish imkoni, to‘lov shartnoma summasini yil davomida to‘rtga bo‘lib to‘lash, o‘tgan o‘quv yillari davomida kontrakt summasidagi ba’zi chegirmalar, qolaversa, imtiyozli tavsiyanomalar va shu kabi boshqa imkoniyatlar fikrimiz dalilidir.
Yana bir jihat, abituriyent o‘qishga hujjat topshirayotib, bir yo‘la beshta yo‘nalishni tanlardi. Va o‘qishga birinchi yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga qabul qilinardi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov abituriyentlar test natijalari maʼlum boʻlganidan soʻng yoʻnalishlarni tanlash imkoniyatiga ega boʻlishi mumkinligini ma’lum qilgani ham abituriyentlar uchun yana bir qulaylik deyish mumkin. Qolaversa, kelgusi yillarda OTMlarga qabul jarayonida bir qator oʻzgarishla boʻlishi kutilmoqda.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun